Rasman: Mark-Andre ter Shtegen «Ayaks»ga o'tdi
34 yoshli posbon joriy mavsum oxirigacha Niderlandiya klubi sharafini himoya qiladi.
Фото: Ajax
Amsterdamning "Ayaks" klubi rasmiy matbuot xizmati germaniyalik darvozabon Mark-Andre ter Shtegenning "Barselona"dan ijara asosida kelib qo'shilganini e'lon qildi.
Kelib tushilgan kelishuvga ko'ra, 34 yoshli posbon joriy mavsum oxirigacha Niderlandiya klubi sharafini himoya qiladi.
Ter Shtegen 2014 yildan buyon "Barselona" safida to'p surib kelayotgan edi. U 2025/2026 yilgi mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida "Jirona"da o'tkazdi. Biroq jarohati sababli atigi ikki uchrashuvda maydonga tushishga muvaffaq bo'ldi.
"Ayaks" o'tgan mavsum Erediviziyada 5-o'rinni egalladi. Niderlandiya Kubogida jamoa 1/8 finalgacha yetib borgan bo'lsa, UEFA Chempionlar ligasida saralash bosqichidan o'ta olmadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist