Rasman. «Manchester Siti» Donnarumma transferini e'lon qildi
Фото: Манчестер Сити
“Manchester Siti” “PSJ” darvozaboni Janluiji Donnarumma transferi haqida rasman e'lon qildi.
Ma'lum qilinishicha, tomonlar 2030 yil yozigacha shartnoma imzoladi.
Italiyalik posbonning transferi “Siti”ga 35 million yevrodan 39 million yevrogacha tushdi.
O‘tgan mavsumda Donnarumma parijliklar safida barcha musobaqalarda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, ularning 17 tasida darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.
Faoliyati davomida Donnarumma to‘rt marta Fransiya chempioni, ikki marta mamlakat kubogi va uch marta Superkubok sohibi bo‘lgan. “PSJ” tarkibida u Chempionlar ligasini ham qo‘lga kiritdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist