locale OZ

Rasman: “Manchester Siti” Allan Eliasni transfer qildi

Transfer qiymati bonuslar bilan birga 40 million yevroni tashkil etadi.
Rasman: “Manchester Siti” Allan Eliasni transfer qildi
Foto: Getty Images

“Manchester Siti” Braziliyaning “Palmeyras” klubi vingeri Allan Eliasni o‘z safiga qo‘shganini rasman e’lon qildi. 22 yoshli braziliyalik futbolchi ingliz klubi bilan 2031-yilning yozigacha mo‘ljallangan besh yillik shartnoma imzoladi.

Transfer qiymati bonuslar bilan birga 40 million yevroni tashkil etadi. “Manchester Siti” dastlab 37,5 million yevro to‘laydi, yana 2,5 million yevro bonuslar ko‘rinishida berilishi mumkin.

Allan Elias asosan o‘ng qanot vingeri sifatida harakat qiladi, biroq yarim himoya markazida va ikkinchi hujumchi pozitsiyasida ham o‘ynay oladi. U “Palmeyras” asosiy jamoasi safida jami 96 ta uchrashuv o‘tkazgan.

Ma’lumot uchun, Allan 2026-yilda Braziliyada 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting