Rasman: «Man Siti» himoyachisi faoliyatini Bundesligada davom ettiradi
Tomonlar oʻrtasida mavsum oxiriga qadar ijara shartnomasi tuzilgan.
FOTO: Getty Images
«Manchester Siti» himoyachisi Jahmai Simpson-Pyusi mavsum oxirigacha Germaniyaning «Kyoln» klubida ijara asosida o‘ynaydi.
Bu haqda Bundesliga klubi rasmiy saytida e’lon qildi. 20 yoshli futbolchi tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgach, jamoaning yig‘iniga qo‘shilish uchun Ispaniyaga (La-Nusiya) yo‘l oldi.
Simpson-Pyusi — «Manchester Siti» tarbiyalanuvchisi. Joriy mavsum boshida u Shotlandiyaning «Seltik» klubiga ijaraga berilgan, biroq 5 yanvar kuni «shaharliklar» safiga qaytdi.
Mavsumning birinchi yarmida himoyachi atigi 2 ta o‘yin o‘tkazdi:
1 ta — «Seltik» asosiy jamoasida
1 ta — zaxira jamoada
Endi u muntazam o‘yin amaliyoti olish uchun Bundesligada o‘zini ko‘rsatishga harakat qiladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist