locale OZ

Rasman: Lukas Paketa — «Flamengo» futbolchisi

Braziliyalik yarimhimoyachisi oʻz vataniga qaytdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Lukas Paketa — «Flamengo» futbolchisi
FOTO: Getty Images

«Vest Hem» klubi o‘zining rasmiy saytida yarim himoyachi Lukas Paketa yaqin orada Braziliyaning «Flamengo» jamoasiga borib qoʻshilganini e’lon qildi.

Klub bergan rasmiy bayonotga ko‘ra, tomonlar transfer summasi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Shu sababli, Paketaga tibbiy ko‘rikdan o‘tish va yangi jamoasi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini muhokama qilish uchun ruxsat berilgan.

Lukasning Braziliyaga qaytish qarori ortida jiddiy sabablar borligi aytilmoqda. Futbolchi shaxsiy va oilaviy sabablarga ko‘ra vataniga qaytib, faoliyatini yangitdan boshlashni xohlagan. Ayniqsa, Futbol assotsiatsiyasi tomonidan unga nisbatan qo‘yilgan va ikki yil davom etgan nojo‘ya xatti-harakatlar bo‘yicha ayblovlarning 2025 yil iyulida olib tashlanishi futbolchiga kuchli ruhiy bosim o‘tkazgan.

«Vest Hem» rahbariyati va bosh murabbiyi braziliyalik yulduzni jamoada olib qolish uchun barcha choralarni ko‘rgan bo‘lsa-da, Paketa o‘z qarorida qat’iy turib olgan. Yakunda klub istamay bo‘lsa ham, futbolchining ketish haqidagi iltimosini qondirishga majbur bo‘ldi.

«Bolg‘achilar» o‘z bayonotida Paketaga klubdagi faoliyati, ayniqsa so‘nggi ikki yarim yillik qiyin davrda ko‘rsatgan xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirib, unga kelgusi faoliyatida zafarlar tilashgan. Klub hozircha bu borada boshqa hech qanday izoh bermasligini ma’lum qildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting