locale OZ

Rasman! “Liverpul”ning sobiq futbolchisi faoliyatini yakunlashini e'lon qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman! “Liverpul”ning sobiq futbolchisi faoliyatini yakunlashini e'lon qildi
FOTO: Getty Images

“Suonsi Siti” yarim himoyachisi Jo Allen joriy mavsum oxirida faoliyatini yakunlashini e'lon qildi.

“Bu qiyin qaror, lekin men bu haqda uzoq vaqt o'yladim. Men 35 yoshdaman, jarohatlarim va hozirgi sport formam nafaqaga chiqish vaqti kelganini ko'rsatmoqda.

Hammasini shu yerda boshlab va yana “Suonsi”da faoliyatimni yakunlash alohida ahamiyatga ega. Men butun hayotimni shu yerda o'tkazganimdan faxrlanaman”, - deydi Allen.

Ma'lumot uchun, Jo Allen faoliyati davomida “Suonsi”dan tashqari “Rekshem”, “Liverpul” va ”Stok Siti” klublari sharafini ham himoya qilgan.

Shuningdek, Allen Uels terma jamoasi safida 77 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Klublar miqyosida esa 585 ta o'yinda maydonga tushib, 39 ta gol va 36 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting