locale OZ

Rasman! “Liverpul” Virjil van Deyk bilan shartnomani uzaytirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman! “Liverpul” Virjil van Deyk bilan shartnomani uzaytirdi
FOТО: Liverpool.com

Angliyaning “Liverpul” klubi jamoa sardori Virjil van Deyk bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda mersisaydliklar matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko'ra, tomonlar o'rtasida 2027-yilning yoziga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma imzolangan. Van Deyk yana ikki mavsum “qizillar” safida qoladi.

Eslatib o'tamiz, gollandiyalik himoyachi 2018-yilning yanvar oyidan buyon “Liverpul” safida o'ynab kelmoqda. Bu davr ichida u APL, barcha ichki kuboklar, Chempionlar Ligasi va klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida g'olib chiqqan.

Joriy mavsum 33 yoshli himoyachi barcha turnirlarda 44 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 28 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting