Rasman: “Liverpul” 18 yoshli Jilyan N’Gessanni transfer qildi
“Liverpul” Fransiyaning “Sent-Etyen” klubi hujumchisi Jilyan N’Gessan transferi bo‘yicha kelishuvga erishganini rasman e’lon qildi. 18 yoshli futbolchi 2027-yil yanvarida mersisaydliklar futbolchisiga aylanadi.
N’Gessan 2026/27-yilgi mavsumning qolgan qismini Liga 1 vakili “Brest” safida ijara asosida o‘tkazadi. Britaniya OAV ma’lumotiga ko‘ra, “Liverpul” yosh hujumchi uchun “Sent-Etyen”ga qariyb 5 million yevro to‘laydi.
Fransiyalik futbolchi “Sent-Etyen” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U klubning asosiy jamoasida 13 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta gol urgan. N’Gessan katta futboldagi debyutini 2025-yil yanvarida amalga oshirgan.
Ma’lumot uchun, N’Gessan Fransiya U20 terma jamoasi bilan 2025-yilgi jahon chempionatida 7 ta uchrashuv o‘tkazgan va turnirni to‘rtinchi o‘rinda yakunlagan. Shuningdek, u U17 Yevropa chempionatida 4 ta gol urib, musobaqaning ramziy terma jamoasidan joy olgan.