locale OZ

Rasman! “Lids Yunayted” Chempionship chempioniga aylandi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman! “Lids Yunayted” Chempionship chempioniga aylandi
FOTO: Getty Images
Angliya chempionati
03.05.2025, Yak.
Plymouth
1
Lids
2

Chempionshipning 46-turidan o'rin olgan “Plimut”ga qarshi o'yinda g'alaba qozongan “Lids Yunayted” chempionlikni qo'lga kiritdi.

Daniel Farke shogirdlari jami 100 ochko jamg'arib, qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha “Byornli”ni (100 ochko) ortda qoldirib, Angliyaning ikkinchi divizioni turnir jadvalida birinchi o'ringa ko'tarilib oldi.

Ma'lumot uchun, “Lids” Chempionatning 46 o'yinida 29 marta g'alaba qozondi, 13 marta durang o'ynadi va 4 marta mag'lubiyatga uchradi. Ushbu uchrashuvlarda klub jami 95 ta gol urib, o'z darvozasidan 30 ta gol o'tkazib yubordi.

Eslatib o'tamiz, “Lids” so'nggi bor 2022/2023-yilgi mavsumda Angliya Premyer-ligasida ishtirok etgandi. Mavsum yakuniga ko'ra, jamoa 31 ochko bilan 19-o'rinni band etgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting