Rasman: Li Kang In «Atletiko» futbolchisi bo‘ldi
Madridning «Atletiko» klubi rasmiy sayti orqali janubiy koreyalik yarim himoyachi Li Kang In bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi.
25 yoshli futbolchi bilan tuzilgan bitim 2031 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.
Li Kang In 2023 yil yozida Fransiyaning «PSJ» klubiga o'tgan edi. U parijliklar safida barcha musobaqalarda 124 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol va 16 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Shuningdek, janubiy koreyalik xavbek «PSJ» bilan ikki marta UEFA Chempionlar ligasi va uch marta Fransiya chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Transfermarkt portalining ma'lumotiga ko‘ra, futbolchining hozirgi transfer qiymati 28 million yevroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Li Kang In «PSJ»ga qadar Ispaniyaning «Malorka» klubida ham to‘p surgan.