locale OZ

Rasman: Levandovski jarohat oldi va «Atletiko»ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi

Polshalik forvardda chap koʻz kosasi ichki qismidagi suyak singanligi aniqlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Levandovski jarohat oldi va «Atletiko»ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi
FOTO: Getty Images

«Barselona» matbuot xizmati jamoa hujumchisi Robert Levandovskining jarohati borasida rasmiy ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, polshalik futbolchi Ispaniya Kubogi yarimfinali doirasidagi Madridning «Atletiko» klubiga qarshi javob uchrashuvini o‘tkazib yuboradi. Mazkur bahs seshanba, 3 mart kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan.

«Asosiy tarkib o‘yinchisi Robert Levandovski kecha «Vilyarreal»ga qarshi kechgan bahsda boshidan jarohat oldi. Bugun o‘tkazilgan tibbiy ko‘riklar natijasida futbolchining chap ko‘z kosasi ichki qismidagi suyak singanligi aniqlandi. Shu sababli, u seshanba kuni Madridning «Atletiko» jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinni o‘tkazib yuboradi», — deyiladi klubning rasmiy bayonotida.

Ushbu uchrashuv Barselonadagi «Spotify Camp Nou» stadionida bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, jamoalar o‘rtasidagi dastlabki bahsda «ko‘k-anorranglilar» 0:4 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting