Rasman: Leonardu Jardim — «Flamengo» bosh murabbiyi
Tomonlar oʻrtasida 2027 yilning oxiriga qadar moʻljallangan shartnoma imzolandi.
FOTO: Getty Images
Braziliyaning «Flamengo» klubi matbuot xizmati portugaliyalik mutaxassis Leonardu Jardim asosiy jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini e’lon qildi.
Avvalroq «Flamengo»dan Filipe Luis iste’foga chiqarilgani ma’lum bo‘lgan edi. Braziliya klubi 57 yoshli Jardim bilan 2027 yilning dekabriga qadar shartnoma imzoladi.
Leonardu Jardim faoliyati davomida Lissabonning «Sporting», Gretsiyaning «Olimpiakos», Fransiyaning «Monako» va boshqa bir qator jamoalarni boshqargan. Uning qo‘l ostida «Monako» Fransiya chempioni bo‘lgan va UEFA Chempionlar Ligasining yarimfinaliga qadar yetib borgan.
Hozirgi vaqtda «Flamengo» Braziliya chempionatida o‘tkazilgan uchta o‘yindan so‘ng to‘rt ochko bilan turnir jadvalining 11-pog‘onasini egallab turibdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist