locale OZ

Rasman: Leandro Trossard «Beşhiktosh» futbolchisiga aylandi

Bu haqda Istanbul klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Rasman: Leandro Trossard "Beşiktaş" futbolchisiga aylandi
Фото: Besiktas

Belgiyalik vinger Leandro Trossard rasman "Arsenal"dan Turkiyaning "Beşhiktosh" klubiga o'tdi. Bu haqda Istanbul klubi matbuot xizmati xabar berdi.

31 yoshli futbolchi bilan uch yillik shartnoma imzolandi. Bitimda uni yana bir yilga uzaytirish imkoni ham ko'zda tutilgan.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, transferning kafolatlangan qismi 18 million yevroga teng. Shuningdek, "Arsenal" qo'shimcha 2 million yevroni bonuslar ko'rinishida qabul qilishi mumkin.

Shu bilan birga, Trossard tibbiy ko'rikdan o'tish uchun allaqachon Istanbulga yetib kelgani ham ma'lum qilindi.

Leandro Trossard 2023 yil qishida "Brayton"dan 24 million yevro evaziga "Arsenal" safiga qo'shilgan edi. U 2025/2026 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 50 ta uchrashuvda ishtirok etib, 8 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting