locale OZ

Rasman. Kristofer Nkunku «Chelsea»dan «Milan»ga o‘tdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman. Kristofer Nkunku «Chelsea»dan «Milan»ga o‘tdi
Фото: Милан

Kristofer Nkunku “Chelsea”dan “Milan”ga o‘tdi.

Italiya klubi 27 yoshli hujumchi transferi rasman amalga oshganini ma’lum qildi.

Futbolchi bilan tuzilgan kelishuv 2030 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Nkunku “rossoneri” safida 18-raqam ostida to‘p surishini bildirgan.

Avvalroq xabar berilishicha, “Milan” futbolchi uchun 37 million yevro to‘laydi, bonuslar bilan birga umumiy summa 42 million yevroga yetishi mumkin.

Nkunku 2023 yil iyulidan beri “Chelsea” safida o‘ynagan. London klubi uni “Leyptsig”dan 60 million yevro evaziga xarid qilgandi.

London klubi safida 62 o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urgan va 5 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting