locale OZ

Rasman: Kristian Kivu «Inter» bilan shartnomasini 2028-yilgacha uzaytirdi

Yangi bitimga koʻra, ruminiyalik mutaxassisning yillik maoshi 4 million yevroni tashkil etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Kristian Kivu «Inter» bilan shartnomasini 2028-yilgacha uzaytirdi
FOTO: Getty Images

Milanning «Inter» klubi o‘zining rasmiy saytida bosh murabbiy Kristian Kivu bilan amaldagi shartnoma muddati uzaytirilganini e’lon qildi. 45 yoshli ruminiyalik mutaxassisning yangi kelishuvi 2028-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Uning avvalgi shartnomasi 2027-yilgacha edi.

Avvalroq OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Kivuning yangi shartnomasida hamkorlikni yana bir yilga — 2029-yilgacha uzaytirish bandi ham ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ruminiyalik murabbiyning yillik maoshi endilikda 4 million yevroni tashkil qilishi ta’kidlangan.

Kristian Kivu 2025-yilning iyun oyida «Inter» bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Uning qo‘l ostida milanliklar Italiya chempionligini va mamlakat Kubogini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. «Inter» bosh jamoasiga tayinlanguniga qadar Kivu «Parma» klubida hamda «neradzurrilar»ning yoshlar jamoalarida faoliyat olib borgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting