Rasman: «Kristal Pelas»ga yangi bosh murabbiy tayyinlandi
Londonning «Kristal Pelas» klubi Per Sajni bosh murabbiy lavozimiga tayyinlaganini eʼlon qildi. Fransiyalik mutaxassis jamoa bilan ikki yillik shartnoma imzoladi, unda bitimni yana bir mavsumga — potensial ravishda 2029-yilning yoziga qadar uzaytirish varianti koʻzda tutilgan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
«Oliver Glasner hayratlanarli natijalarga erishdi va endi men ham xuddi shu ishni takrorlashim kerak. Shuning uchun biz bu yerga katta ambitsiyalar bilan kelyapmiz», — deya Sajning soʻzlaridan iqtibos keltirmoqda «Kristal Pelas» matbuot xizmati.
Eslatib oʻtamiz, Glasner 2025/2026-yilgi mavsum yakunlangach klubni tark etdi. Uning qoʻl ostida jamoa 2025-yilda Angliya kubogini (klub tarixidagi birinchi yirik sovrin) va 2026-yilda Konferensiyalar ligasini qoʻlga kiritgan edi. Yakuniga yetgan Angliya chempionatida londonliklar 45 ochko jamgʻarib, 15-oʻrinni egallashdi.
Saj muqaddam Fransiyaning «Lans» klubini boshqargan boʻlib, jamoa 2025/2026-yilgi mavsumda Liga 1 musobaqasida ikkinchi oʻrinni egallagan edi.