locale OZ

Rasman: Krishtianu Ronaldu Toshkentga keladi

OChL Elit musobaqasining G‘arb mintaqasi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Rasman: Krishtianu Ronaldu Toshkentga keladi
Foto: Getty Images

18-avgust kuni Kuala-Lumpur shahrida 2026/27-yilgi OChL Elit musobaqasining G‘arb mintaqasi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qur’a yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan “Paxtakor” va “Neftchi” klublarining liga bosqichidagi raqiblari aniqlandi.

“Paxtakor” o‘z maydonida Tojikistonning “Istiqlol”, Saudiya Arabistonining “An-Nasr” va “Al-Qodisiya”, shuningdek Eronning “Traktor” jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Toshkentliklar safarda esa Saudiya Arabistonining “Al-Ahli”, “Al-Hilol” va “Al-Ittihod”, shuningdek Iroqning “Eyr Fors” klubiga qarshi maydonga tushadi.

“Neftchi” esa o‘z maydonida “Al-Hilol”, “Al-Ahli”, “Eyr Fors” va “Al-Ittihod” jamoalarini qabul qiladi. Farg‘onaliklar safarda Krishtianu Ronaldu to‘p surayotgan “An-Nasr”, Tojikistonning “Istiqlol”, Eronning “Traktor” hamda Saudiya Arabistonining “Al-Qodisiya” klublariga qarshi bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, har ikki o‘zbek klubi OChL Elit liga bosqichida sakkiztadan uchrashuv o‘tkazadi — to‘rttasi o‘z maydonida, yana to‘rttasi safarda. Qur’a tashlash marosimida O‘zbekiston futboli afsonasi Odil Ahmedov hamda yaponiyalik Yasushi Endo maxsus ishtirokchi sifatida qatnashdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting