Rasman: “Komo” “Vilyarreal” himoyachisini ijaraga oldi
Shartnomada futbolchini mavsum yakunida sotib olish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.
Foto: Getty Images
Italiyaning “Komo” klubi “Vilyarreal” himoyachisi Villi Kambvalani ijara asosida o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub rasmiy ravishda ma’lum qildi.
23 yoshli fransiyalik himoyachi yangi jamoasida 2026/27-mavsum oxirigacha ijara asosida harakat qiladi. Shartnomada futbolchini mavsum yakunida sotib olish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.
Kambvala 2024-yilning yozidan buyon “Vilyarreal” safida to‘p tepib kelayotgan edi. Biroq o‘tgan mavsumda u La Ligada atigi ikkita uchrashuvda maydonga tushgan.
Ma’lumot uchun, “Komo” yangi mavsumni safarda “Udineze” bilan 1:1 hisobidagi durang bilan boshlagan. Kambvala endilikda Italiya klubida o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.