Rasman: Klaudio Echeverri — «Jirona» futbolchisi
«Man Siti» yarimhimoyachisi mavsum oxirigacha La Ligaga koʻchib oʻtdi.
FOTO: Getty Images
«Girona» rasmiy sayti orqali «Manchester Siti»ning 20 yoshli yarim himoyachisi Klaudio Echeverri ijara asosida jamoaga qo‘shilgani haqida e’lon qildi. Ijara shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi.
Argentinalik futbolchi mavsumning birinchi qismini «Bayer»da ijara asosida o‘tkazdi. Echeverri Germaniya chempionati va Chempionlar Ligasida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta assist qayd etdi.
Yarimhimoyachi huquqlari 2024 yil yanvardan «Manchester Siti»ga tegishli. Shuningdek, «shaharliklar» safida u uchta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi. Futbolchining ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, o‘yinchining bozor qiymati 15 mln yevroni tashkil etadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist