Rasman: Kiran Trippiyer «Vulverxempton» futbolchisiga aylandi
Fransiyaning «Vulverxempton» klubi rasmiy saytida angliyalik o‘ng qanot himoyachisi Kiran Trippiyer bilan ikki yillik shartnoma imzolanganini e’lon qildi.
35 yoshli futbolchining klub bilan kelishuvi joriy yilning iyun oyida «Nyuqasl Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi yakuniga yetganidan so‘ng kuchga kirdi.
Ortda qolgan Angliya Premyer-ligasi mavsumida himoyachi 21 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan edi.
Kiran Trippiyer «Manchester Siti» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchining faoliyati davomida «Byornli», «Tottenxem Xotspur», Madridning «Atletiko», «Nyuqasl Yunayted» va boshqa jamoalar ham bor. Angliya milliy terma jamoasi safida u 54 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urishga erishgan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra «Vulverxempton» APLni tark etib, Chempionshipga tushib ketgan edi.