locale OZ

Rasman. Kimpembe Qatar klubiga o‘tdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman. Kimpembe Qatar klubiga o‘tdi
Фото: Қатар СК

"PSJ"ning markaziy himoyachisi Presnel Kimpembe faoliyatini Qatarda davom ettiradi.

Futbolchi “Qatar SK”ga o‘tdi. Bu haqda Parij klubi o‘zining rasmiy saytida e’lon qildi.

30 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan bir yillik bitim imzoladi. Tomonlar kelishuvni yana bir yilga uzaytirish imkoniyatiga ega.

Kimpembe "PSJ" akademiyasiga 2005 yilda 10 yoshida kelib qo‘shilgandi.

Vaqt o‘tishi bilan himoyachi asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. Presnel "PSJ" asosiy jamoasida 241 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va jamoadoshlariga ikkita golli uzatma berdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting