locale OZ

Rasman: Kike Sanches Flores — «Alaves» bosh murabbiyi

Ispan klubi Eduardo Koudet bilan shartnomani oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Kike Sanches Flores — «Alaves» bosh murabbiyi
FOTO: Getty Images

Ispaniyaning «Alaves» klubi bosh murabbiy Eduardo Koudet bilan shartnoma tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra bekor qilinganini e’lon qildi. Uning o‘rnini Kike Sanches Flores egalladi.

«Valensiya», «Atletiko» va «Xetafe»dagi faoliyati orqali tanilgan 61 yoshli mutaxassis bilan shartnoma 2028 yilning iyuniga qadar imzolandi. Floresning so‘nggi ish joyi «Sevilya» bo‘lib, u yerni 2024 yilning iyunida tark etgan edi.

Ayni damda «Alaves» Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida 26 turdan so‘ng 27 ochko bilan 16-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa Eduardo Koudet qo‘l ostidagi so‘nggi beshta o‘yinda bor-yo‘g‘i ikki ochko jamg‘ardi. Keyingi turda, 8 mart kuni «Alaves» «Valensiya»ga qarshi maydonga tushadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting