locale OZ

Rasman: Keyn — «Oltin butsa» sohibi

Harri uchun bu faoliyatidagi ikkinchi “Oltin butsa” hisoblanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Keyn — «Oltin butsa» sohibi
ФОТО: Getty images

“Bavariya” jamoasi hujumchisi Harri Keyn 2025/2026 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra «Oltin butsa» mukofotiga sazovor bo‘ladi.

32 yoshli angliyalik forvard Bundesligada 31 ta uchrashuvda 36 ta gol (72 ochko) urib, Yevropa chempionatlari orasida eng yaxshi to‘purarga aylandi.

Ushbu reytingda ikkinchi o‘rinni Erling Holand (“Manchester Siti”) egalladi — u APLda 27 ta gol (54 ochko) urdi. Uchinchi pog‘onani esa Kiliyan Mbappe (“Real”) 25 ta gol (50 ochko) bilan yakunladi.

Keyn uchun bu faoliyatidagi ikkinchi “Oltin butsa” hisoblanadi. U “Bavariya” safidagi debyut mavsumida (2023/2024) ham 36 ta gol urib, ushbu mukofotni qo‘lga kiritgan edi.

Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda jami 51 ta o‘yinda ishtirok etib, 61 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting