locale OZ

Rasman: Kevin De Bruyne “Manchester Siti”dan ketishini e'lon qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Kevin De Bruyne “Manchester Siti”dan ketishini e'lon qildi
FOTO: Getty Images

Belgiyalik yarim himoyachi Kevin De Bruyne "Manchester Siti"ni tark etishi haqida emosional bayonot berdi. U joriy mavsum oxirida "shaharliklar" safini tark etadi.

“Hurmatli Manchester!

Bu xatni ko‘rganingizdan so‘ng, bu qayerga ketayotganini tushungan bo‘lsangiz kerak. Shuning uchun men gapni qisqartiraman va barchangizga shuni aytib o‘tamanki, bu mening "Manchester Siti" futbolchisi sifatidagi so‘nggi oylarim bo‘ladi.

Bu haqda yozish oson emas, lekin futbolchi sifatida o‘sha kun ertami-kechmi kelishini hammamiz bilamiz. Kun keldi va siz birinchi navbatda mendan eshitishga loyiqsiz.

Futbol meni barchangizga va shu shaharga olib keldi. Bu davr hayotimni o‘zgartirishini bilmagan holda orzum ortidan ketayotgandim. Bu shahar. Bu klub. Bu odamlar... menga HAMMA narsani berdi.

Xohlaymizmi yoki yo‘qmi, xayrlashish vaqti keldi. Manchester farzandlarimning pasportlarida, eng muhimi, har bir oila a’zoyimning qalbida abadiy qoladi. Bu har doim bizning uyimiz bo‘ladi. Ushbu o‘n yillik sarguzasht uchun shahar, klub, xodimlar, jamoadoshlar, do‘stlar va oila a’zolariga yetarlicha minnatdorchilik bildira olmaymiz.

Ammo har bir hikoyaning oxiri bor. Bu eng yaxshi bo‘lim edi. Keling, so‘nggi daqiqalarni birga o‘tkazaylik!

Katta muhabbat bilan, sizning Keviningiz”, - deb yozdi De Bruyne ijtimoiy tarmoqlarida.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting