Rasman: Kelleher \"Brentford\" futbolchisi
U 5 yillik shartnoma imzoladi
Photo: Getty Images
“Liverpul” darvozaboni Kuinn Kelleher faoliyatini “Brentford”da davom ettiradi.
26 yoshli kipr “asalari”lar bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Tomonlar kelishuv bitimini yana bir yilga uzaytirish imkoniyatiga ega.
“Brentford” klubi irlandiyalik futbolchi transferi uchun 18 million funt sterling to‘lab berdi. Kelleher o‘tgan mavsum “Liverpul" safida APLda 10ta o‘yinda maydonga tushdi.
Avvalroq “Brentford” o‘z posbonini “Bayer”ga sotgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist