locale OZ

Rasman: Karvaxal «Xetafe» bilan shartnoma imzoladi

Shartnoma 2027-yil yozigacha amal qiladi.
Rasman: Karvaxal «Xetafe» bilan shartnoma imzoladi
Фото: Getafe FC

Madridning «Xetafe» klubi Daniel Karvaxal bilan shartnoma imzolanganini rasman e’lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 34 yoshli himoyachi seshanba kuni yangi jamoasi bilan mehnat shartnomasini imzolagan. La Liga rahbariyati kelishuvni tasdiqlagan va futbolchining erkin agent sifatida amalga oshirgan transferi rasman yakunlangan. Shartnoma 2027-yil yozigacha amal qiladi.

Ma’lumot uchun, Karvaxal 2013–2026-yillar davomida «Real» safida to‘p tepdi. Biroq o‘tgan mavsum yakunlangach, madridliklar bilan xayrlashdi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionatining 8-turidan so‘ng «Xetafe» sakkiz ochko bilan turnir jadvalida 14-o‘rinni egallab turibdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting