locale OZ

Rasman: Karl Darlou \"Manchester Yunayted\"ga o'tdi

35 yoshli posbon bilan 2028 yil iyunigacha amal qiladigan shartnoma imzolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Karl Darlou "Manchester Yunayted"ga o'tdi
ФОТО: Getty images

Uels terma jamoasi darvozaboni Karl Darlou rasman "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

35 yoshli posbon bilan 2028 yilning iyunigacha amal qiladigan shartnoma imzolandi. Bitimda uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham mavjud.

Darlow professional faoliyati davomida 279 ta uchrashuvda maydonga tushgan bo'lib, ularning 74 tasi Angliya Premer-ligasiga to'g'ri keladi. U o'tgan mavsumda "Leeds United"ning asosiy darvozaboni sifatida harakat qilib, 5 ta o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

"Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzolaganimdan juda faxrlanaman. Men ajoyib darvozabonlar jamoasiga qo'shildim va bir-birimizni yanada yuqori darajaga olib chiqish uchun raqobat qilishni intiqlik bilan kutyapman. Bu klub aynan shu darajani talab qiladi.

Bu men uchun haqiqatan ham o'ziga xos imkoniyat. Hamma ko'rib turibdiki, klub uchun juda qiziqarli davr boshlanmoqda. Men jamoadoshlarimga yordam berish, ularni qo'llab-quvvatlash va klubning yanada oldinga siljishiga hissa qo'shishni intiqlik bilan kutmoqdaman», — dedi Darlou klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting