Rasman: Juan Jezus «Napoli»dan «Venesiya»ga o‘tdi
Jezus 2021 yildan buyon «Napoli» sharafini himoya qilib kelayotgan edi.
ФОТО: Getty images
Braziliyalik 35 yoshli himoyachi Juan Jezus faoliyatini «Venesiya» klubida davom ettiradi. Futbolchi «Napoli»ni tark etib, yangi jamoasiga erkin agent sifatida qo‘shildi.
Tomonlar 2026/27 yilgi mavsum oxiriga qadar shartnoma imzolagan, kelishuvda uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham bor.
Juan Jezus 2021 yildan buyon «Napoli» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Undan avval «Inter» va «Roma» kabi Italiyaning mashhur klublarida to‘p surgan.
Shu tariqa, tajribali markaziy himoyachi Italiya futbolidagi faoliyatini «Venesiya» safida davom ettiradi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist