locale OZ

Rasman: Jorjinyo Veynaldum «Al-Ittifoq»ni tark etdi

Tomonlar oʻrtasida tuzilgan shartnoma yakunlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Jorjinyo Veynaldum «Al-Ittifoq»ni tark etdi
FOTO: Getty Images

Niderlandiyalik yarimhimoyachi Jorjinyo Veynaldum amaldagi mehnat shartnomasi muddati yakunlangani sababli Saudiya Arabistonining «Al-Ittifoq» klubidan ketdi. Bu haqda klubning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasida eʼlon qilindi.

«Bob yakunlandi, ammo afsona abadiy qoladi. Rahmat, Jini!» — deyiladi Saudiya klubi matbuot xizmati xabarida.

Veynaldum «Al-Ittifoq» safida 2023 yilning sentabr oyidan buyon toʻp surib kelayotgan edi. Oʻtgan davr mobaynida u jamoa libosida 101 ta oʻyinda maydonga tushib, 38 ta gol urishga erishdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Maʼlumot uchun, tajribali xavbek faoliyati davomida «Feyenoord», PSV, «Nyukasl», «Liverpul», «Pari Sen-Jermen» va «Roma» kabi Yevropa grandlarida oʻynagan, shuningdek, Niderlandiya milliy terma jamoasi sharafini himoya qilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting