Rasman: Jorje Jezush – Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi
Jesus so‘nggi marta Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubida faoliyat yuritgan.
ФОТО: Getty images
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tajribali mutaxassis Jorje Jezush tayinlandi. Bu haqda milliy jamoa matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqda rasmiy e’lon qildi.
«Bugun yangi safar boshlanmoqda. Milliy jamoaga xush kelibsiz, janob Jorje Jezush», — deyiladi Portugaliya terma jamoasi xabarida.
Avvalroq A Bola nashri 71 yoshli murabbiy Portugaliya terma jamoasini 2028 yilgi Yevropa chempionati va 2030 yilgi jahon chempionati tayyorgarlik sikli davomida boshqarishi haqida xabar bergan edi.
Jorje Jezush so‘nggi marta Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubida faoliyat yuritgan va endi Portugaliya milliy jamoasi bilan yangi sahifa ochmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist