locale OZ

Rasman! Jordi Alba “Inter Mayami” bilan shartnomasini uzaytirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman! Jordi Alba “Inter Mayami” bilan shartnomasini uzaytirdi
FОТО: FC Inter Miami

“Inter Mayami” klubi 36 yoshli chap qanot himoyachisi Jordi Alba bilan amaldagi shartnomani 2027-yilgi mavsum oxiriga qadar uzaytirdi.

“Shartnomamni uzaytirganimdan xursandman, chunki menda turnirlarda ishtirok etish istagi bor. Shuningdek, har bir uchrashuvda muxlislar mehri sabab o'zimni juda yaxshi his qilaman.

Biz g'alaba qozonishda davom etishni xohlaymiz va umid qilamanki, imkon qadar ko'proq chempionlikni qo'lga kiritamiz”, - deydi Alba.

Eslatib o'tamiz, Jordi Alba 2023-yilning yozida buyon “Inter Mayami” safida o'ynab kelmoqda. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 68 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting