locale OZ

Rasman! Job Bellingem faoliyatini “Borussiya Dortmund”da davom ettiradi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman! Job Bellingem faoliyatini “Borussiya Dortmund”da davom ettiradi
FOTO: Getty Images

Angliyaning «Sanderlend» jamoasida to‘p surgan yarim himoyachi Job Bellingem endilikda «Borussiya Dortmund» safida faoliyat olib boradi. Klub rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, futbolchi bilan 2030-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolangan.

Manbaga ko'ra, Job Bellingemga «Ayntraxt» va «RB Leypsig» ham da’vogarlik qilgan, ammo u o‘zining akasi Jud Bellingem «Real»ga o‘tishidan oldin to‘p surgan klubni tanladi.

Ma'lumot uchun, o‘tgan mavsum Chempionshipda 19 yoshli Bellingem 43 uchrashuvda ishtirok etib, 4 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Uning yordamida «Sanderlend» pley-off orqali Angliya Premyer-ligasiga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, «Borussiya» Bundesliga 2024/25-yilgi mavsumida 57 ochko jamg‘arib, 4-o‘rinni egalladi. Klub «Bavariya»dan 25 ochkoga ortda qoldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting