locale OZ

Rasman: Joau Kanselu — «Barselona» futbolchisi

31 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini ham kataloniyaliklar safida ijara asosida o‘tkazgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Joau Kanselu — «Barselona» futbolchisi
Фото: Barcelona

Portugaliyalik himoyachi Joau Kanselu faoliyatini «Barselona»da davom ettiradi.

31 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini ham kataloniyaliklar safida ijara asosida o‘tkazgan edi. Endi esa u «Al-Hilol» bilan shartnomasini bekor qilib, «Barselona»ga erkin agent sifatida qo‘shildi. Ispaniya matbuoti ma'lumotiga ko‘ra, tomonlar uch yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Kanselu uchun bu «Barselona»dagi uchinchi davr bo‘ladi. U ilk bor 2023/24 yilgi mavsumda «Manchester Siti»dan ijaraga kelib, barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda qatnashgan va 4 ta gol urgandi. 2024 yil yozida esa «Al-Hilol»ga to‘liq transfer qilingan edi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting