Rasman: Jakomo Raspadori — «Atalanta» futbolchisi
25 yoshli forvard yangi jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
FOTO: Getty Images
«Atalanta» klubi rasmiy sayti orqali hujumchi Jakomo Raspadorining «Atletiko»dan to‘liq transferini e’lon qildi. Italiyalik futbolchi yangi jamoasida 18-raqam ostida to‘p suradi.
25 yoshli forvard 2025 yil avgust oyida «Napoli»dan «matraschilar» safiga kelib qo‘shilgandi. «Atletiko»dagi faoliyati davomida Raspadori 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Umumiy hisobda u madridliklar safida 424 daqiqa harakat qildi.
Futbolchining «Atletiko» bilan tuzilgan shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan edi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Jakomo Raspadorining bozor qiymati 22 million yevroni tashkil etadi.