locale OZ

Rasman. Islom Ahmedov o'z vazifasida yil oxirigacha qoladi

14 aprel sanasida Islom G'ulomovich Ahmedov “Andijon” klubiga vaqtincha bosh murabbiy lavozimiga tayinlangandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman. Islom Ahmedov o'z vazifasida yil oxirigacha qoladi
photo: Andijon fk

Ma'lumki, shu yilning 14 aprel sanasida Islom G'ulomovich Ahmedov “Andijon” klubiga vaqtincha bosh murabbiy lavozimiga tayinlangandi.

Ortda qolgan vaqt davomida jamoa uning boshchiligida hozirga qadar Superliga va Kubok bahslarida umumiy hisobda 5 ta o'yinda 4 g'alaba va 1 durang qayd etdi.

Tabiiyki, natijalar ijobiy ko'rinish olgach, muxlislarda ham ijobiy kayfiyat hukm surmoqda.

Klub rahbariyati esa kamida mavsum oxiriga qadar Islom Ahmedovni bosh murabbiy lavozimida qoldirishga qaror qildi. Endilikda Islom Ahmedov vaqtinchalik emas, balki to'laqonli ravishda rasman bosh murabbiyga aylandi.

Bundan keyin ham Ahmedov va uning shtabiga ishonch bildirilishda davom etiladi va ijobiy natijalar bardavom bo'lishini tilab qolamiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting