locale OZ

Rasman: Ilyos Zeytullayev “Bunyodkor” bilan xayrlashdi

Avvalroq OAVda uning klubni tark etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Rasman: Ilyos Zeytullayev “Bunyodkor” bilan xayrlashdi
Foto: Getty Images

Ilyos Zeytullayev “Bunyodkor”dagi faoliyatini yakunladi. Mutaxassis ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Toshkent klubi bilan xayrlashuv postini e’lon qilib, jamoada o‘tkazgan davri haqida fikr bildirdi. Avvalroq OAVda uning klubni tark etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Zeytullayev xayrlashuv murojaatida har bir narsaning o‘z vaqti borligini ta’kidlab, “Bunyodkor” bilan bosib o‘tgan yo‘li uning hayotida muhim iz qoldirganini qayd etdi. Murabbiy klubdagi futbolchilar, murabbiylar shtabi va birga ishlagan barcha insonlarga minnatdorlik bildirdi.

Mutaxassisning ketishi “Bunyodkor”dagi murakkab vaziyat fonida yuz berdi. So‘nggi haftalarda jamoa moliyaviy va tashkiliy muammolarga duch kelgan, Zeytullayev esa bir necha bor klubdagi vaziyat haqida ochiq gapirgan edi. Uning uch nafar italiyalik yordamchisi ham avvalroq jamoani tark etgan.

Ma’lumot uchun, Zeytullayev “Bunyodkor”da uch mavsum davomida faoliyat olib bordi. U so‘nggi matbuot anjumanlaridan birida aynan shu davr mobaynida jamoa shakllantirilgani, biroq so‘nggi voqealar sabab tarkibning parchalanib borayotganini og‘riq bilan ta’kidlagan edi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting