locale OZ

Rasman: Ilhom Mo‘minjonov «Metallurg»dan ketdi

"Metallurg" Mo‘minjonov qo‘l ostida 14 ta o‘yin o‘tkazdi.
Rasman: Ilhom Mo‘minjonov «Metallurg»dan ketdi
Фото: Металлург ПФК

Bekobodning “Metallurg” jamoasi bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov iste’foga chiqishga qaror qildi.

Ma’lumki, mavsum boshlanishidan avval jamoa oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo‘yilgan edi. Biroq birinchi davra davomida bir nechta o‘yinlarda achchiq tarzda ochkolarni boy bergan “Metallurg” yetakchilar safidan chiqib, jadvalda bir necha pog‘ona pastlab ketdi.

Kecha chempionatning 14-turi doirasida jamoamiz Bekobodda Farg‘onaning “Yaypan” klubini qabul qildi va hisobda oldinda borayotganiga qaramay, g‘alaba hamda muhim ochkolarni boy berdi.

O‘yindan so‘ng jamoamiz bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov rahbariyatdan iste’fo so‘radi. Yuzaga kelgan vaziyat, murabbiyning so‘rovi va barcha tafsilotlarni inobatga olgan holda klub rahbariyati murabbiy arizasini qabul qildi”, – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Ma’lumot uchun, Ilhom Mo‘minjonov qo‘l ostida chempionat doirasida 14 ta uchrashuv o‘tkazgan “Metallurg” 6 bor g‘alaba qozondi va 4 tadan durang hamda mag‘lubiyat qayd etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting