Rasman. Iñigo Peres — «Vilyarreal» bosh murabbiyi
Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv uch yilga mo‘ljallangan.
Фото: Вильярреал
"Vilyarreal" rasmiy ravishda Iñigo Peres bosh murabbiy etib tayinlanganini e'lon qildi.
Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv uch yilga mo‘ljallangan. 38 yoshli mutaxassis may oyida iste'foga chiqqani rasman ma'lum qilingan Marselino Toralning o‘rnini egalladi.
2022 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan Iñigo Peres 2022/23 yilgi mavsumda "Rayo Valyekano" murabbiylar shtabida ishlagan, 2024 yilda esa jamoani mustaqil boshqargan.
Joriy mavsumda "Chaqmoqlar" uning qo‘l ostida Konferensiyalar ligasi finaliga chiqib, u yerda "Kristal Pelas"ga imkoniyatni boy berdi (0:1).
"Vilyarreal" Primera yakunida 3-o‘rinni egallab, Chempionlar ligasining asosiy bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist