locale OZ

Rasman: Igor Tyago «Brentford» bilan shartnomasini uzaytirdi

Tomonlar oʻrtasida 2031 yilga qadar moʻljallangan yangi kelishuv imzolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Igor Tyago «Brentford» bilan shartnomasini uzaytirdi
FOTO: Getty Images

«Brentford» hujumchisi Igor Tyago klub bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti ma’lumot tarqatdi.

Klub xabariga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi bilan tuzilgan yangi kelashuv 2031 yilning yoziga qadar amal qiladi va uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud.

Eslatib oʻtamiz, Braziliyalik hujumchi 2024 yildan buyon «Brentford» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Maʼlumot uchun, joriy mavsumda Igor Tyago Angliya Premyer-ligasida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, uning hisobida Angliya Liga kubogidagi bitta o‘yin va bitta gol ham bor. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting