locale OZ

Rasman: Igor Tudor olti haftalik faoliyatidan so‘ng «Tottenhem» tark etdi

Hozirda londonliklar APL turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Igor Tudor olti haftalik faoliyatidan so‘ng «Tottenhem» tark etdi
FOTO: Getty Images

Londonning «Tottenhem» klubi jamoa bosh murabbiyi Igor Tudorning iste’foga chiqarilganini rasman e’lon qildi.

«Biz bosh murabbiy Igor Tudor o‘zaro kelishuvga ko‘ra klubni tark etayotganini tasdiqlaymiz. Shuningdek, darvozabonlar murabbiyi Tomislav Rogich va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Rikkardo Ragnachchi ham o‘z lavozimlarini tark etishdi.

Igor, Tomislav va Rikkardoga so‘nggi olti hafta davomidagi tinimsiz mehnatlari va harakatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Shuningdek, yaqin insonidan ayrilgani munosabati bilan Igorga hamdardlik bildiramiz va ushbu og‘ir damlarda uning oilasini qo‘llab-quvvatlaymiz.

Yangi bosh murabbiy haqidagi ma’lumotlar yaqin vaqt ichida e’lon qilinadi», — deyiladi klub bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, londonliklar joriy yilning o‘zida Angelos Postekoglu va Tomas Frank bilan ham xayrlashgan edi. Shunday qilib, klub bir yil ichida uchinchi bor bosh murabbiyni ishdan bo‘shatdi.

Igor Tudor 14 fevraldan buyon jamoani boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida «shporlar» 7 ta uchrashuvda 5 ta mag‘lubiyat qayd etishdi. Ayni damda jamoa 30 ochko bilan APL turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi va xavfli hududdan (pastga tushib ketish zonasidan) bor-yo‘g‘i bir ochko oldinda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting