Rasman: Henderson «Chelsea» futbolchisiga aylandi
Uning so‘nggi klubi «Brentford» bo‘lgan.
Фото: Chelsea
«Chelsea» klubi tajribali yarim himoyachi Jordan Henderson bilan shartnoma imzolaganini rasmiy tarzda e’lon qildi.
Klub matbuot xizmati ma’lum qilishicha, 36 yoshli ingliz futbolchisi jamoaga erkin agent sifatida qo‘shildi. Uning so‘nggi klubi «Brentford» bo‘lgan.
U faoliyati davomida eng katta muvaffaqiyatlarga «Liverpool» safida erishgan. Mersisaydliklar tarkibida u jami 492 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 33 ta gol urgan va 58 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Ko‘p yillar davomida «Liverpool» sardori bo‘lgan Henderson jamoa bilan Angliya Premer-ligasi, Chempionlar ligasi, Angliya kubogi, Liga kubogi, UEFA Superkubogi va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati kabi nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist