locale OZ

Rasman: Floyd Meyvezer iyun oyida Afinada ringga qaytadi

Amerikalik bokschi kikboksing boʻyicha koʻp karra jahon chempioniga qarshi koʻrgazmali jangda ishtirok etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Floyd Meyvezer iyun oyida Afinada ringga qaytadi
FOTO: Getty Images

Besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni, 49 yoshli amerikalik Floyd Meyvezer joriy yilning iyun oyida Afinada ko‘rgazmali boks jangini o‘tkazadi. Uning raqibi kikboksing bo‘yicha ko‘p karra jahon chempioni, 45 yoshli gretsiyalik Mayk Zambidis bo‘ladi.

«2026 yil men uchun hayajonli yil bo‘lishini va’da qilmoqda. Yevropa, men sizlarni xursand qilish uchun yo‘lga chiqyapman», — deb yozdi Meyvezer o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ma’lumot o‘rnida, Floyd Meyvezer professional boksda 50 ta g‘alaba qayd etgan (shundan 27 tasi muddatidan oldin) va birorta ham mag‘lubiyatga uchramagan. U 1996 yilgi Olimpiada o‘yinlarining bronza medali sohibi hamda tarixdagi uchta besh vazn toifasi chempionlaridan biridir.

Mayk Zambidis esa 2000 yildan 2019 yilga qadar kikboksing bo‘yicha professional darajada faoliyat yuritgan. Uning hisobida 158 ta g‘alaba va 22 ta mag‘lubiyat mavjud.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting