locale OZ

Rasman. FIFA JCH-26 uchun yangi qoidalarni qabul qildi.

Qoidalar vaqt cho‘zish masalasida va Mundialdan boshlab qo‘llaniladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman. FIFA JCH-26 uchun yangi qoidalarni qabul qildi.
photo: Google

Rasman FIFA JCH-26 uchun yangi qoidalarni qabul qildi. Qoidalar vaqt cho‘zish masalasida va Mundialdan boshlab qo‘llaniladi.

• Zaxiraga olingan o‘yinchi 10 soniya ichida maydonni tark etishi zarur, aks holda tushadigan o‘yinchi 1 daqiqa kutadi.

• Autlar 5 soniya ichida bajarilishi shart, agar cho‘zilsa, to‘p raqibga beriladi.

• Tibbiy yordam olgan o‘yinchilar maydonga qaytishdan oldin 1 daqiqa tashqarida bo‘lishlari kerak.

• VAR endi ikkinchi sariq kartochkalar va burchak to‘pi qarorlarini ham ko‘rib chiqishi mumkin, “agar aniq va ochiq xato bo‘lsa”

Qoidalar toza o‘yin vaqtini oshirish uchun yo‘lga qo‘yilmoqda. Ayniqsa, 4-qoidani barcha kutgan bo‘lsa kerak. Aynan, noto‘g‘ri burchak to‘plaridan golga aylangan holatlar, 2-sariq bahsli bo‘lgan vaziyatlar ko‘pchilik e’tiroziga sabab bo‘lyapti.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting