locale OZ

Rasman: Fermin Lopes «Barselona» bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirdi

22 yoshli xavbek Katalon klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Fermin Lopes «Barselona» bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirdi
FOTO: Getty Images

«Barselona» hujumkor yarimhimoyachisi Fermin Lopes klub bilan amaldagi kelishuvini 2031 yilga qadar uzaytirdi. Bu haqda «ko‘k-anorranglilar» matbuot xizmati ma’lum qildi.

Avvalroq OAVda 22 yoshli xavbekning yangi shartnomaga ko‘ra maoshi ikki baravarga oshishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, Lopesning tovon puli miqdori ham ikki baravarga ko‘paytirilishi ta’kidlangan.

Yarimhimoyachi «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 13 yoshida «Betis» akademiyasidan Kataloniya klubiga o‘tgan edi. Lopes «ko‘k-anorranglilar»ning asosiy jamoasi safida barcha turnirlarda jami 114 ta uchrashuvda maydonga tushib, 29 ta gol va 22 ta samarali uzatmaga mualliflik qildi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining ayni damdagi bozor qiymati 70 million yevroni tashkil etmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting