Rasman: Federiko Valverde «El Klasiko»ni oʻtkazib yuboradi
Madridning «Real» klubi o‘z rasmiy saytida jamoa yarimhimoyachisi Federiko Valverdening sog‘lig‘i borasida bayonot e’lon qildi. Avvalroq, OAVda urugvaylik futbolchi bugun ertalab kiyinish xonasida jamoadoshi Aurelian Tchuameni bilan yuz bergan mushtlashuvdan so‘ng shifoxonaga olib ketilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
«Bugun o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, futbolchimiz Fede Valverdeda kalla-suyak jarohati (miya chayqalishi) aniqlandi.
Valverde ayni damda uyida va ahvoli yaxshi. Mazkur tashxisda belgilangan tibbiy protokollarga muvofiq, u 10–14 kun davomida to‘liq xotirjamlikni saqlashi (dam olishi) lozim», — deyiladi «qaymoqranglilar» xabarida.
Shu tariqa, Valverde 10 may kuni bo‘lib o‘tadigan La Liganing 35-turi doirasidagi «Barselona»ga qarshi «El Klasiko» bahsini o‘tkazib yuboradi.