Rasman: «Everton» Maykl Kin bilan shartnomani uzaytirdi
Angliyaning «Everton» klubi 33 yoshli markaziy himoyachi Maykl Kin bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi. Bu haqda mersisaydliklar matbuot xizmati jamoaning rasmiy saytida xabar berdi.
Futbolchi bilan imzolangan yangi kelishuv 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Kinning «Everton» bilan avvalgi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga yetayotgan edi. Himoyachi 2017 yilning yozidan buyon Liverpul klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu tariqa, 2026/2027 yilgi mavsum u uchun Angliya Premyer-ligasi jamoasi tarkibidagi o‘ninchi mavsumga aylanadi.
Ma’lumot uchun, Maykl Kin «Manchester Yunayted» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U «Everton»ga «Byornli»dan o‘tgan edi. OAV xabarlariga ko‘ra, o‘shanda transfer summasi 28,5 million yevroni tashkil etgan.