locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Rasman: Erling Holand uchun mavsum yakunlandi

Futbol 01 apr 2025 da 06:08
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Журналист
Rasman: Erling Holand uchun mavsum yakunlandi
FOTO: Getty Images

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand Angliya kubogi chorak final bosqichidagi “Bornmut” (2:1) uchrashuvida olgan jarohati sabab ushbu mavsum oxirigacha safdan chiqdi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Norvegiyalik futbolchi 30 mart kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinda gol urishni uddaladi, biroq jarohat sabab 61-daqiqada almashtirildi va stadionni qo‘ltiqtayoq bilan tark etdi. Klub uning jarohati bo‘yicha dastlabki xulosalarni ma’lum qildi.

"Erling Holand chap to‘pig‘idan jarohat oldi. U Manchesterdagi shifoxonada dastlabki tibbiy tekshiruvdan o‘tdi va hozirda jarohatning to‘liq darajasini aniqlash uchun qayta ko‘rikdan o‘tmoqda. Biroq Erling joriy mavsum oxirida maydonga qaytishi va yozda o‘tkaziladigan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etishini ma’lum qilamiz", deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida 40 o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting