Rasman. Ekitike endi \"Liverpool\" futbolchisi!
Photo: Getty Images
Ugo Ekitike "Ayntraxt"dan "Liverpool"ga o'tdi.
Avvalroq bitim summasi 90 mln yevrodan ko'proqni tashkil etishi, bonuslar hisobiga esa 95 mln yevrogacha o'sishi mumkinligi xabar qilingandi.
22 yoshli hujumchi "qizillar" bilan 6 yillik shartnoma imzoladi – 2031 yilning iyunigacha.
Futbolchi “qizillar” safida yiliga soliqlarsiz 15-16 million yevro atrofida maosh olishi ma'lum qilindi.
Bundesliganing o'tgan mavsumida fransuz 33 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist