locale OZ

Rasman: Eddi Hau «Nyukasl»ni tark etdi

Howe 2021 yilning noyabr oyidan beri «Nyukasl»ni boshqarib kelayotgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Eddi Hau «Nyukasl»ni tark etdi
ФОТО: Getty images

Angliyaning «Nyukasl» klubi bosh murabbiyi Eddi Hau jamoani tark etishga qaror qildi. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

Manba maʼlumotiga ko‘ra, dastlab har ikki tomon hamkorlikni davom ettirish tarafdori bo‘lgan. Biroq keyinroq 48 yoshli mutaxassis qisqa tanaffus olish va klubdan ketish istagini rahbariyatga maʼlum qilgan.

Hozircha «Nyukasl» bosh murabbiyligiga asosiy nomzod sifatida 38 yoshli germaniyalik mutaxassis Matias Yayssle ko‘rilmoqda. U 2023 yildan buyon Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» klubini boshqarib kelmoqda.

Eddi Hau 2021 yilning noyabr oyidan beri «Nyukasl»ni boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa 2024/25 yilgi mavsumda Angliya Liga kubogini qo‘lga kiritdi. O‘tgan mavsumda esa «qarg‘alar» Premyer-ligada 12-o‘rinni egalladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting