locale OZ

Rasman: Dino Toppmyoller «Ayntraxt»dan isteʼfoga chiqarildi

Vaqtinchalik murabbiy nomi ham allaqachon eʼlon qilingan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasman: Dino Toppmyoller «Ayntraxt»dan isteʼfoga chiqarildi
FOTO: Getty Images

Frankfurtning «Ayntraxt» klubi bosh murabbiyi, 45 yoshli mutaxassis Dino Toppmyoller isteʼfoga chiqarildi. Nemis murabbiyi uchun Frankfurtdagi taxminan ikki yarim yillik faoliyat shu tariqa yakunlandi.

«Men bu jamoa bilan ishlashni va oldinda turgan qiyinchiliklarni birga yengib o‘tishni istardim. Biroq bu qarorni qabul qilaman. Har kuni «Ayntraxt»ga katta ishtiyoq va quvonch bilan kelardim. Hozirgi qoniqarsiz vaziyat borligini tan olaman, ammo so‘nggi ikki yarim yil ichida erishgan natijalarimiz bilan faxrlanaman. Afsuski, birga ishlashni davom ettira olmaymiz», — dedi Toppmyoller.

Ma’lum qilinishicha, vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini klubning U21 jamoasi bosh murabbiyi Dennis Shmitt va U19 jamoasi murabbiyi Aleksandr Mayer bajaradi. Ular birgalikda asosiy jamoaga rahbarlik qiladi.

Hozirda «Ayntraxt» Bundesligada 27 ochko jamg‘argan. Jamoa 38 ta gol urgan va 39 ta gol o‘tkazib yuborgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich liga bo‘yicha eng yomon himoya natijasi hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting